2025- yil 30- sentyabr kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida navbatdagi Markaz Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish so’ngida O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan jamoadagi bir guruh xodimlar fidokorona mehnati, samarali xizmati hamda «1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.
Bu e’tirof markaz xodimlarining yuksak mas’uliyat va fidoyiligi uchun minnatdorchilik ifodasi bo‘ldi.