2025-yil 7-avgust kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (ВМТTD) hamkorligida «Afg’oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo’yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining Startup kurs tinglovchilari Termiz tumanidagi «SURXON KERAMIKS» MChJ va parrandalar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi «Afrosiyob Parranda» MCHJ Surxondaryo filiali faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Shu jumladan, Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov markaz tinglovchilari bilan uchrashib, Termiz tumani keyingi sakkiz yilda qishloq xo‘jaligiga bog‘langan hududdan sanoati rivojlangan, ishlab chiqarish loyihalari ko‘p innovatsion tumanga aylanganligi va tumandagi tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida suhbatlashdi.
Tinglovchilar korxonaning iqtisodiy imkoniyatlari va tashqi aloqalari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Ibrat Academy