Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida O‘zbek tili va adabiyoti yo’nalishida tahsil olib, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti tomonidan moliyalashtirgan mablag‘lar hisobidan markazning 14 nafar bitiruvchisi Toshkent shahridagi Nordik xalqaro universitetining magistratura bosqichini yakunladi. Jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shishga tayyor, zamonaviy tafakkur sohiblarining ilmiy, kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Markaz ma’muriyati bugungi bitiruvchilar ertangi yetakchilar, jamiyat bunyodkorlari bo‘lishlariga chuqur ishonch bildiradi.