2025- yil 5- avgust kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan atoqli adib va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tavvaludiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda markaz direktori I. Mamarajabov so’zga chiqib, yozuvchi asarlari haqida ma»lumot berdi. Tadbir davomida markaz professor — o’qituvchilarining adib haqida fikrlari tinglandi. Tadbir yakunida yozuvchi ijodiga bag‘ishlangan videorolik taqdim etildi.