2024 yil 26 aprel kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida atoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan «Muhammad Yusuf – el ardog’idagi shoir » mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Tadbirda markaz direktori O.Ruziyev Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi yurtimizda keng nishonlanayotganligi va adabiyotimizga qo’shgan hissasi borasida gapirib o’tdi.Tadbir davomida O’zbek tili va adabiyoti katta o’qituvchisi Sayyora To’rayeva “Muhammad Yusuf she’riyatining adabiyotshunoslikda tutgan o’rni ” mavzusida maruza qildi. Tadbir davomida 6-23 guruhi tinglovchilari shoir she’rlaridan yod o’qishdi. Tadbir songida shoirning hayot yoli haqidagi videorolik taqdim qilindi.Tadbir davomida faol ishtirok etgan tinglovchilar faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Ibrat Academy