2024 yil 26 aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tizimidagi yuridik xizmat va kadrlar bo‘limi xodimlari uchun onlayn seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yuridik ta’minlash bo‘limi bosh yuriskosulti B. Axmadjonov Oliy ta’lim tizimida huquqni qo‘llashning yagona amaliyotni joriy etish bo’yicha ma’ruza qildi. Toshkent davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Karimjonov tomonidan Oliy ta’lim muassasalarida professor o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish masalalari mavzusidagi maruzasi o’qib eshittirildi. Ushbu o’quv seminarida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Seminar -trening Yuridik xizmat va kadrlar bo’limi xodimlarini mehnat qonunchiligiga oid bilimlarini oshirish, mehnat qonunchiligini qo’llash bo`yicha vazirlik tizimida yagona amaliyotni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Ibrat Academy