2024 yil 26 aprel kuni Termiz tumanidagi 21 o’rta maktab va Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi hamkorligida atoqli shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan «Muhammad Yusuf – el ardog’idagi shoir » mavzusidagi Badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda markaz O’zbek tili va adabiyoti katta o’qituvchisi Sayyora To’rayeva “Muhammad Yusuf she’riyatining o’rganilishi ” mavzusida ma’ruza qildi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari shoir she’rlaridan yod o’qishdi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan maktab o`quvchilari va markaz tinglovchilari faxriy yorliq va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.