Termizda BMT TD bilan hamkorlikdagi seminar
2025-yil 22-sentyabr kuni Termiz xalqaro savdo markazida BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikdagi loyihalarni samarali amalga oshirishni tashkil qilish bo’yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening BMT TDning quyidagi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi:
Sh. Muminov – Operatsiyalar bo‘yicha menejeri
M. Turkmenova – Strategik rejalashtirish va integratsiya bo‘limi rahbari
A. Kosimov – Moliya bo‘limi rahbari
S. Islamova – Kadrlar bo‘limi rahbari
M. Karshiev – BMT TD xodimi
K. Yusupov –»Afg‘oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi xodimi
Tadbirda BMT TDning hamkor tashkilotlari jamoalari qatnashdilar va hamkorlikdagi loyihalarni samarali tashkil etish bo’yicha yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
@markaz2011
Ibrat Academy