30-iyul –Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Termiz shahrida bayramona gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda turli millat vakillarining do‘stligi, totuvligi va madaniyatini aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Mazkur tadbirda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ham faol ishtirok etdi. Ushbu tadbir xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ma’daniy yaqinlik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.