🩺 Tinglovchilar salomatligi, psixologik barqarorligi va huquqiy savodxonligi yo‘lida navbatdagi xizmatlar
📅 2025-yil 29-iyul kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida «Barqaror hayot» xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi tomonidan mobil brigada orqali bepul xizmatlar ko‘rsatildi.
🚐 Tadbir doirasida tinglovchilar UZI, terapevt va kardiolog ko‘riklaridan o‘tkazildi. Shuningdek, migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis, psixolog va yuristlar tomonidan individual maslahatlar berildi.
💬 Qiziqtirgan savollar va muammolar o‘rganilib, joyida zarur tavsiyalar va amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bu tashrif tinglovchilarning salomatligiga e’tibor, ruhiy barqarorlik va jamiyatga moslashuviga xizmat qilmoqda.