📆 2025-yil 31-iyul
🇪🇺 Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorligida amalga oshirilayotgan
«Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida muhim amaliy tadbir tashkil etildi.

👩‍🎓 Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining Startup kurs tinglovchilari:

📍 Sherobod tumanidagi «Xo‘jayikon tuz g‘ori» va Tuz koni hududda joylashgan korxonalari bilan tanishdi.
Shuningdek markaz tinglovchilari Angor tumanidagi xususiy ishlab chiqarish sexlari faoliyatini o’rgandi.

🔍 Bu tashrif orqali tinglovchilar ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik imkoniyatlari va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

🌱 Loyiha tinglovchilarning kasbiy rivojlanishi va mustahkam bilim olishiga katta hissa qo‘shmoqda!