2025-yil 22-iyul kuni
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (ВМТTD) hamkorligida «Afg’oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo’yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining Startup kurs tinglovchilari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-sonli qarori asosida tashkil qilingan Termiz shahridagi «Tinchlik» yoshlar sanoat zonasiga rejadagi o’quv amaliyotini o’tkazish maqsadida tashrif buyurishdi.
Kurs tinglovchilari mazkur sanoat zonasidagi kichik va o’rta biznes korxonalari bilan tanishdi. Shuningdek, tinglovchilar sanoat zonasidagi hunarmandchilik, tikuvchilik korxonalari va chilangarlik ustaxonlari faoliyatini o’rgandi.
https://t.me/markaz2011/21493