O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF–5326-sonli “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omillaridan biri bo‘lgan ichki turizmni kengaytirish maqsadida
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi jamoasi uchun madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

2025-yil 19-iyul kuni Markaz jamoasi Surxondaryo viloyatining tarixiy obidalaridan bo‘lgan Shayx Alovuddin Attor (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xo%CA%BBja_Alouddin_Attor_Valiy_ziyoratgohi) ziyoratgohi hamda Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasiga (https://share.google/zZGavUUTzceLk5MjC) tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif davomida sayohat ishtirokchilari o‘z hududimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda betakror tabiiy manzaralari bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat turizm madaniyatini oshirish, jamoada hamjihatlik muhiti va ko’tarinki ishchanlik kayfiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.