Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida «Ishbilarmon ayol» ko‘rik tanlovining Termiz tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlov davomida ta’lim markazi jamoasi va tinglovchilari ham o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar bilan faol ishtirok etishdi. Ta’lim markazi o‘qituvchisi Sayfullayeva Durdona va Startup kurs tinglovchisi Ebady Basiralar na’munali ishtiroki uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.