2025-yil 18-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (ВМТTD) hamkorligida «Afg’oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo’yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim
markazining Startup kurs tinglovchilari Angor tumaniga rejadagi o’quv amaliyotini o’tkazish maqsadida tashrif buyurishdi. Kurs tinglovchilari tuman markazida joylashgan Baraka ko’p tarmoqli savdo markazidagi kichik va o’rta biznes korxonalari bilan tanishdi. Shuningdek, tinglovchilar Angor tumani hududidagi hunarmandchilik, tikuvchilik korxonalari va chilangarlik ustaxonlari faoliyatini o’rgandi.
@markaz2011 https://uzaf.uz