2025-yil 16-iyul kuni “Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi”ga Termiz shahridagi Imom Termiziy nomidagi Islom instituti rektori K. Islomov va kadrlar bo‘limi boshlig‘i S. Qurbonovlar tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Afg’on fuqarolarini mazkur institutning bakalavriat yo‘nalishlariga jalb etish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish va institut faoliyati bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif doirasida afg‘onistonlik tinglovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida Islom instituti faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, hamda institutning moddiy-texnik bazasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tinglovchilar tomonidan ta’lim olish tartibi, qabul shartlari va istiqbolli imkoniyatlar yuzasidan berilgan savollarga mehmonlar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.
@markaz2017 https://uzaf.uz