Termiz tumani hokimi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ayni kunlarda barcha oliygohlarda bitiruvchilar o‘qishni tamomlab, mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida rahbarlarning bitiruvchilar bilan uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mutasaddilar ishtirokida yoshlarning savollariga atroflicha javob berildi hamda murojaatlarini hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tadbir davomida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi direktori I.Mamarajapov ham so’zga chiqib bitiruvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida bitiruvchi talabalar uchun «Mehnat yarmarkasi» tashkil etilib, o‘zi uchun munosib ish o‘rnini tanlagan bitiruvchilarga yo‘llanmalar berildi.
Ibrat Academy