“Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi” da ta’lim olayotgan “Start-up” loyihasi talabalari amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida 2025-yil 11-iyul kuni markazda bo‘lib o‘tgan ayol tadbirkorlar ko‘rgazmasida faol ishtirok etdilar. Ko‘rgazma davomida talabalar joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollarning real mahsulotlari — tikuvchilik buyumlari, hunarmandchilik ishlari, asalarichilik mahsulotlari va qo‘lda tayyorlangan sovg‘alar bilan tanishdilar va tadbirkorlik faoliyatining amaliy jihatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Uchrashuvda talabalar o‘z g‘oyalarini amalga oshirish, start up tashabbuslarini real biznesga aylantirish, marketing va savdo ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan amaliy savollar berilib, tajribali tadbirkorlar bilan fikr almashildi. Uchrashuv “start-up” kursi doirasidagi nazariy bilimlarni real muhitda mustahkamlash uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qildi.
@markaz2017 https://uzaf.uz
Ibrat Academy