2025-yil 30- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi raisi o’rinbosari Iminov Odiljon Karimovich Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurib Termiz tumanidagi mutasaddilar, partiya faollari va saylovchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Unda hududdagi dolzarb muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
Tashrif davomida O. Iminov ta’lim markazi faoliyati, talaba va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Markazda tahsil olayotgan tinglovchilar bilan bo’lgan uchrashuvda ta’lim tizimida yaratilgan sharoitlardan tinglovchilar mamnun ekanliklarini e’tirof etishdi.
Ibrat Academy