2024 yil 21 oktyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga Germaniya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) “Аfgʻoniston fuqarolariga taʼlim berish va ularni kasbiy tayyorlash boʻyicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida asosiy kasblar boʻyicha 6 oylik qisqa muddatli kurslar dasturi asosida  o‘qishga qabul qilingan tinglovchilari va Germaniya davlatining «GIZ» Xalqaro tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish, favqulotda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha   2 kunlik seminar-trening ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Leave a Comment