2024 yil 22 oktiyabr kuni Markazga Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Akiko Fujii hamda BMT Taraqqiyot Dasturining vakillari tashrif buyurdi. Mehmonlarga Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev, DTPI rektori Oybek Ruziyevlar hamrohlik qildilar. Mehmonlar markazning o‘quv va moddiy-texnik bazasi va tinglovchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyat bilan yaqindan tanishishdilar. Tashrif davomida mehmonlar Yevropa Ittifoqi va BMTTDning qo‘shma loyihasi doirasida 3-6 oylik kurslarda tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdilar. Suhbat jarayonida, Markaz tinglovchilari mehmonlarga o‘qishni bakalavr -magistratura bosqichida davom ettirish istaklari mavjudligini, shu sababli ularni ushbu imkoniyatdan foydalanishga amaliy yordam ko‘rsatish taklifini berdilar.
Ibrat Academy