2024 yil 17 oktyabr kuni “O’zbekiston Respublikasi “Yashil Makon”umummilliy loyihasi tashabbusini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha innovatsion moliyaviy yechimlar” loyihasi bosh menejeri A. Abdullaev, BMTTD dasturlarini tahlil etish boyicha mutaxassis G. Xudoybergenova va Hanifa Karimi (huquqiy maslahatchi, UNHCR) boshchiligidagi delegatsiya markazga tashrif buyurdi.Markaz faollar zalida Yashil Makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo’yicha seminar — trening tashkil etildi. Loyiha menejeri A. Abdullayev markaz rahbariyati va jamoa vakillariga hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, tashrifdan koʻzlangan maqsad, afg‘onistonliklar va o‘zbekistonliklarlarni o’rmonlashtirish jarayoniga jalb etish va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yaxshilashdan iborat ekanligini aytib otdi. Trening «Yashil makon» loyihasi doirasida erishilgan yutuqlar va ushbu loyihalarning ijrosi bo‘yicha olib boriladigan ishlar haqida bolib o’tdi.
Ibrat Academy