2024 yil 15 oktyabr kuni Germaniya davlatining «GIZ» Xalqaro tashkiloti “Afg‘oniston fuqarolarini Tеrmiz shahriga jalb etgan holda tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlashni modеrnizasiya qilish” loyihasi rahbari Cord Versmold boshchiligida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilariga fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish, favqulotda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2 kunlik seminar-trening ish boshladi.Treningda O’ZQLOJ Surxondaryo viloyat tashkiloti FV mutaxassisi, birinchi yordam bo’yicha trener Tolibjon Jo’rayev, O’ZQLOJ viloyat tashkiloti «Mehr — shavqat» hamshirasi birinchi yordam bo’yicha instruktor Zulfiya Ataqulovalar dars olib bormoqda.