Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi
15
Окт
2024
2024 yil 15 oktyabr kuni Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalari Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlar tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Markaz ma’muriyati va tinglovchilari bilan suhbatda bo’lib ikki ta’lim muassasasi o’rtasidagi do’stlik aloqalarini mustahkamlash va birgalikda ta`lim, sport va zakovat musobaqalarini tashkil etishni rejalashtirib olishdi.