Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi elchilar nigohida
15
Окт
2024
2024 yil 12 oktyabrda O`zbekistonning Afg’onistondagi favqulodda va muxtor elchisi Usmonov Oybek Arifbekovich va Mozori Sharifdagi bosh konsul Fattoyev Jafar Raxmonovich boshchiligidagi delegatsiya Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining o‘quv va moddiy-texnik bazasi hamda tahsil olayotgan kurs tinglovchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar markazni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratib, o’z takliflarini bildirishdi