2024 yil 17 avgust kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiya Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar markazda yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlarni yuqori baholashdi. Maʼlumot uchun, JICA (Japan International Cooperation Agensy)— Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bo‘lib, Yaponiya hukumatining rasmiy rivojlanish yordamini amalga oshiruvchi Tashkilotdir. Mehmonlar Markaz rahbariyati bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha amalga oshirgan va oshirishi rejalashayotgan loyihalar bo’yicha fikr almashdi lar.

Leave a Comment