2024 yil  08 avgust kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Hindistonning O’zbekistondagi  konsuli Rajesh Badola   tashrif buyurdi. 

Mehmon o‘z tashrifini Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan tanishishdan boshladi. 

Shuningdek, Konsul markaz Axborot resurs markazi o‘quv va laboratoriya xonalari hamda markazda tashkil etilgan Hindiston xonasi faoliyati bilan tanishib o‘tdilar. Markazda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar Rajesh Badolada  katta taassurot qoldirdi. 

O‘z o‘rnida mehmonlar tomonidan keltirilgan badiy kitob markaz ARM uchun sovg‘a sifatida topshirildi.

Leave a Comment