2025- yil 25- oktyabr kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Termiz tuman Statistika bo’limi bilan hamkorlikdagi Seminar -treningning ikkinchi kunida Termiz tumani mahalla fuqarolari yig’inlarining yettiligi va markaz ma’muriyati xodimlari ishtirok etishmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilarga 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish tartibi, elektron tizimlardan foydalanish, so‘rov varaqalarini to‘ldirish tartibi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilar va nazoratchilarning mas’uliyati, aholining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot xavfsizligi, aholi bilan muloqot qilish madaniyati hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Ibrat Academy