🎉 «Davraga kel, dugonajon» ko‘rik-tanlovi! 🎀
📍 Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida
qizlarning jamiyatdagi o‘rni, muomala madaniyati, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, urf-odat hamda an’analarni ulug‘lash maqsadida navbatdagi ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbir Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.
🌟 «Davraga kel, dugonajon» nomli bu ko‘rik-tanlovda davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan namunali qizlar ishtirok etib, o‘z iste’dodini namoyon etdilar.
💫 Bunday tadbirlar yosh avlodni yuksak qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi!
Ibrat Academy