Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 2025 yil 11 iyul kuni Surxondaryo viloyat hokimining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Z.Xidirovaning, tuman hokimligi vakillari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan ayol tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvi bolib o’tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ayol tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning o’zaro tajriba almashishi uchun sharoit yaratishdan iborat bo’ldi.
Tadbir davomida ayollar tadbirkorlikdagi yutuqlari, duch kelayotgan muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida fikr almashdilar. Tadbir doirasida ayol tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmada ta’lim markazining tinglovchilar tomonidan tayyorlangan tikuvchilik mahsulotlari ham namoyish qilinib, ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirofga sazovor bo’ldi.

Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi hamda ayollar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamladi.

@markaz2017 https://uzaf.uz