Afg’onistonlik Rasuli Xoliddin o‘z hunarini imkoniyatga aylantirmoqda!

Hozirda Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tahsil olayotgan Rasuli, biz tashkil etgan Afg‘on fuqarolari uchun ta’lim markazida payvandchilik bo‘yicha ham kasb-hunar o’rgandi.

U temir eshik va panjaralar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yaqinda Yevropa Ittifoqidan 2 000 AQSH dollari miqdorida grant yutib oldi. Bu mablag‘ evaziga u kerakli uskunalarini xarid qilib, sherigi bilan birga biznesini kengaytirmoqda.

Rasuli endi boshqalarga ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatib, yangi ish o‘rinlari yaratishni va jamiyatga foyda keltirishni rejalashtirmoqda.

Rasuli bilan suhbatni tomosha qiling: