2025-yil 8-may kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Xotira bor ekan — millat barhayot» shiori ostida Markaz rahbariyati va Kasaba uyushma qo’mitasi hamkorligida markaz rahbariyati va ishchi-xodimlari o’rtasida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqa yakunida g’oliblar Markaz ma’muriyati va Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.