O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (ВМТTD) hamkorligida «Afg’oniston fuqarolarini o’qitish va kasbiy tayyorlash bo’yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 2023–2024-o‘quv yilida 150 nafar afg‘on fuqarosi 6 oylik qisqa muddatli kurslarga jalb qilinib, tinglovchilar yo’nalishlar bo’yicha kursni muvaffaqiyatli yakunlab, ularga davlat namunasidagi sertifikatlar berilgan edi.
Endilikda loyiha davomida ular orasidan 50 nafar tinglovchi saralab olindi va 2024-yil 04-sentabr kuni biznes g’oyani rivojlantirish, amalga oshirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan 3 oylik «startap» (biznesni boshqarish va rivojlantirish) kurslariga start berildi.
Ibrat Academy