Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Barchamiz uchun aziz, qadrli va asrlar davomida ajdodlarimiz orziqib kutgan kun-Mustaqillik bayrami – eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bu oliy tushunchalarni yurakdan his qilib, anglab yashash – buyuk saodat. Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!       

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi matbuot xizmati