2024 yil 7 avgust kuni O’zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari O. Mahkamov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida markazda faoliyat olib borayotgan professor- o’qituvchilar va markaz rahbariyati bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida markazda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim markazini yanada rivojlantirish, ikki davlat o’rtasida ijtimoiy — iqtisodiy sohalar bo’yicha kadrlar tayyorlash va hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Leave a Comment