Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” Forumida Olimlar O‘zbekiston Prezidentiga bilim va tajribalarini bir maqsad yo‘lida safarbar etishga va’da berib, murojaat yo‘lladi.
“Yurtimiz tarixida birinchi marta amalga oshirilayotgan noyob megaloyiha sifatida baholanayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etish to‘g‘risidagi tashabbusingiz muqaddas dinimizning tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini ulug‘lash, xalqimizning buyuk tarixi, boy madaniy-ma’rifiy merosini tiklash va dunyoga targ‘ib etish borasidagi doimiy e’tibor va g‘amxo‘rligingizning yuksak amaliy namunasi sifatida ayniqsa tahsinga sazovordir” — deyiladi murojaatda.
Ushbu forumda DTPI rektori O. A. Ruziyev va Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktor o’rinbosari
I. Mamarajabovlar ishtirok etishdi.
Ibrat Academy