Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz
26
Апр
2024
2024 yil 25 aprel kuni Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazida “Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz” mavzusida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’naviy va madaniy merosini o’rganishga qaratilgan seminar bo’lib otdi. Tadbirda Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Termiz jome masjidida joylashgan Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona bo‘limi mutasaddilari ilmiy anjuman so‘ngida O‘zbekistonning buyuk allomasi Imom Termiziyning qo‘lyozma kitoblarini Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda tarjima qilish bo’yicha kelishib olishdi.