Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti (PhD) Norqo‘chqarov Xushvaqt Eshnazarovich «Afg‘oniston o‘zbeklari: tarixiy tahlil (XIX asr oxiri — XX asr 90-yillari)» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi tinglovchilari bilan mavzu doirasida suhbat olib bordi.Suhbat davomida tinglovchilarni mavzu doirasida qiziqtirgan savollarga javob berdi. Tinglovchilar ushbu mavzuning juda dolzarbligi, Afg’oniston o’zbeklari haqida tadqiqot ishi kam ekanligini aytib, bu mavzuni tanlagani uchun doktorant Xushvaqt Norqo’chqorovga minnatdorchilik bildirishdi.