Afg’oniston Fuqarolarini o’qitish ta’lim markazidan 1-23 va 6-23 kompyuter grafikasi guruhlari Dasturiy ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun Termiz shahar At-Termiziy ko’chasi 28-uyga joylashgan, IT Park Surxondaryo viloyati filialida bo`lishdi. IT Park raxbari Jafar Xaitov va bosh menejeri Dilshod Maxmudovlar IT markaz faoliyati bilan batafsil tanishtirdi. Amaliyot o’tash uchun tomonlar o’rtasida shartnoma memorondum tuzildi.