2024 yilning 22-26 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida «Kitobsevar millat» shiori ostida Termiz Davlat universitetida «Kitobxonlik haftaligi» tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida Afg»onistonlik tinglovchilar Axborot resurs markazidagi shart-sharoitlar va u yerda ko’rsatiladigan xizmatlar bilan tanishishdi. IT guruhi tinglovchisi Turon Tojiddin Surxondaryo televideniyesiga intervyu berdi. Tadbir markaz tinglovchilarida katta ta’surot qoldirdi.