Sohibqiron Amir Temurning jahon taraqqiyotida tutgan o’rni
9
Апр
2024
2024 yil 9 aprel kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan » Sohibqiron Amir Temurning jahon taraqqiyotida tutgan o’rni» mavzusida ko’rik tanlovning II bosqichi bo’lib o’tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati Yoshlar ittifoqi matbuot kotibi Asliddin Xoliyorov, Termiz tumani Ma’naviyat bo’limi boshlig’i Yoqubjon Mustanovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida markaz tinglovchilarining chiqishlari, videorolik va slaydlari, sahna ko’rinishlari hakamlar tomonidan baholab borildi. Tanlovda g’olib bo’lgan tinglovchilarga homiylar tomonidan kitoblar, qimmatbaho sovg»alar, sertifikat va diplomlar topshirildi.