Bugun “Ma’naviyat sektori”ning Surxondaryo viloyati faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha respublika seminari bo’lib o’tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘limi rahbarlari, hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hududiy boshqarmasining tegishli xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu seminarda Afg»oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi.