15 mart kuni Toshkent shahrida «Vatandoshlar» jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan O’zbek tili onlayn ta’lim platformasining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vaziri X. U. Umarova, O»zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S. S. Saidov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori U. A. Tairovich, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O»zbek tili va adabiyoti universiteti mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, mazkur taqdimotga Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikistondagi o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchilari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tinglovchilari tashrif buyurishdi. Bundan tashqari, tadbirni onlayn tarzda O’zbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari vakillari dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilayotgan Vatandoshlar ham kuzatib borishdi.

photo_2024-03-16_18-24-12 (2)