Bugun Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi davomida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’naviyat sektori faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi navbatdagi o‘quv amaliy seminari tashkil etildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, mutasaddi tashkilot vakillari, ta’lim muassasa rahbarlari va ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Amaliy seminarda “Ma’naviyat sektori” xonalarini jihozlash va ijro hujjatlarini yuritish, sektor a’zolarining asosiy vazifalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ishtirokchilar tomonidan o‘zaro tajriba va fikr-mulohazalar almashildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati