Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazining Axborot vositalari mashinalari va Kompyuter tarmoqlari, Kompyuter grafikasi va dizayn operatori yo’nalishlari tinglovchilari Qumqo’rg’on agrotexnologiyalar texnikumiga rejadagi o’quv amaliyotini o’tkazish maqsadida tashrif buyurishdi . Uyerda Qumqo’rg’on agrotexnologoyalar texnikumi direktori vazifasini bajaruvchi S. Mamayusupov va o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Ch. Jumayevlar kutub oldilar va texnikumdagi shart-sharoitlar bilan tanishtirdilar. Tinglovchilarimiz o’quv xonalar, o’simlikshunoslik, payvandlovchilik, chorvachilik bo’yicha jihozlangan labaratoriya xonalari bilan tanishishdi. Yo’nalishi bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.