Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, ichki ishlar hamda savdo va sanoat vazirlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida afg‘onistonlik ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, logistika va transportlar harakati bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.