2025-yil 14-yanvar kuni Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tumani Sh.Rashidov mahallasida tashkil etilgan Farovon oila dasturi bo’yicha Muloqot ko’nikmalarini rivojlantirish mavzusida psixologik trening tashkil etildi. Treningni Termiz tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Muxayyo Abdulazizova, markaz supervayzeri Faxriddin Mamatkulovlar o’tkazishdi. Seminar-treningda markaz xodimlari ham faol ishtirok etishdi.