2025-yil 10-yanvar kuni Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga Afg‘onistonning Barlos universiteti rektori Khayr Muxammad Xayr tashrif buyurdi. Mehmon tashrif davomida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Mehmon suhbat davomida Afg’onistonlik yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanligini aytib o’tdi va Faxriy mehmonlar kitobiga o’z fikrlarini yozib qoldirdi. Suhbat davomida kelajakdagi hamkorlik masalalari gaplashib olindi. Shundan so’ng, markaz tinglovchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ibrat Academy