2024-yil 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-sentabrdagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasi 2-bosqich ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi hamda 2024-yil 30-avgustdagi 02/12-4/2-632-sonli topshiriqlariga asosan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2024-2025 o‘quv yilida “Startup” loyihasi doirasida 3 oylik kurslarda tahsil olayotgan tinglovchilari markaz O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i Abdullayev Orzumurod Omonovich boshchiligida Sherobod tumanidagi Abu iso Imom Termiziy ziyoratgohida va Sherobod tekstil, Angor tumanidagi «Bek baraka » savdo majmuasida bo`lib qaytishdi.