2024- yil 24- noyabr kuni Markaziy Osiyo bo’yicha BMT Bosh Kotibining maxsus vakili Kaha Imnadze, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo’yicha BMTning mintaqaviy markazi maslahatchisi Andriy Larin, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo’yicha BMTning mintaqaviy markazi maslahatchisi Armands Pupols janoblari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar tashrif davomida markazda yaratilgan shart-sharoitlar va kelajakdagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi va markaz tinglovchilari bilan suhbatda bo’lib, ularning takliflarini o’rgandi. Kaha Imnadze janoblari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanligini bildirib, O»zbekiston davlatining qo’shni Afg‘oniston bilan do’stona aloqalari maqtovga sazovor ekanligini aytib o’tdi.
Ibrat Academy